AsosiyJamiyat

“Zulfiya” mukofotida nohaqlikka uchrayotganlarga Xotin-qizlar qo`mitasi rasmiy manosabat bildirdi

'“Zulfiya” mukofotida nohaqlikka uchrayotganlarga Xotin-qizlar qo`mitasi rasmiy manosabat bildirdi'ning rasmi

O`zbekiston Xotin-qizlar qo`mitasi matbuot xizmati  Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga hujjat topshirayotgan qizlar uchun  rasmiy munosabat bilan chiqdi:

"So`nggi kunlarda qilinayotgan murojaatlarning har uchtadan ikkitasi albatta Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga hujjatlarni qabul qilish tadbirlariga doir bo`lmoqda. Yashirishning hojati yo`q: ularning aksariyatida mazkur jarayon halollik bilan kechmayapti, degan fikr ustuvor. Har kim o`zining huquqi buzilganini iddao qiladi...

Vaziyatning birmuncha e`tibortalab ekanidan kelib chiqqan holda, O`zbekiston Xotin-qizlar qo`mitasi tomonidan Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti uchun hujjatlarni qabul qilishdan tortib, laureatlar nomi e`lon qilingunga bo`lgan jarayonda faqat bitta omil: HALOLLIKKA qat`iy rioya qilinishini eslatib o`tishni lozim topdik. Bu haqdagi turkum maqolalar www.wcu.uz rasmiy saytimizda e`lon qilinmoqda".

Boshqa yangiliklar