O`zbekiston “Adolat” SDP Toshkent shahar Kengashi tomonidan Olmazor tumani Talabalar shaharchasida “Adolat-har bir inson uchun” shiori ostida miting o`tkazdi.
Unda Oliy majlis deputatlari, partiyaning Toshkent shahar va tuman tashkilotlari raislari, xalq deputatlari Toshkent shahar, tuman Kengashlari deputatlari, BPT raislari, partiya faollari, “Ayollar qanoti”, “Yoshlar qanoti” a`zolari,, keng jamoatchilik vakillari, yoshlar, mahalla faollari, xotin-qizlar hamda tibbiyot xodimlari ishtirok etdi. Mitingda asosiy e`tibor talabalar tomonidan OTM shartnoma pullari va ta`lim tizmidagi kamchiliklarga qaratildi.
Tadbirda so`zga chiqqan partiya Toshkent shahar Kengashi faollari hamda partiya lideri Narimon Umarov barchani birdamlikka chaqirdi. Tadbirning asosiy maqsadi ham O`zbekiston “Adolat” SDP tomonidan partiyaning saylovoldi dasturidagi asosiy g`oyalarning xalq orasida keng muhokamasini ta`minlash, yuqori saviyada o`tkazishdan iborat bo`ldi.
Tashkil etilgan namoyish jarayonida barcha talabalar o`z fikr-mulohazalarini erkin bildirdi. Tadbir mohiyatidan kelib chiqqan holda OTMda shartnoma narxlari va kvota masalalari ochiq-oydin muhokama qilindi.
Tadbir davomida partiyaning ushbu namoyishi talabalarga qanot berganligi qayd etildi. Bundan tashqari talabaning bilim saviyasi yuqori bo`lishi uchun eng avvalo, yaxshi kadrlar tomonidan bilim berilishi, etuk kadrlarning etishib chiqishi Oliy ta`lim tizimda faoliyat olib borayotgan o`qituvchilarga bog`liqligi ta`kidlandi. Bu borada har bir o`qituvchi tomonidan o`z kasbini suiste`mol qilmagan holda adolatli tarzda bilim berib borilishi lozim. Stipendiyalarning bir xil qilib belgilanganligi o`qishni istovchi, stipendiya uchun harakat qiladigan bolaning saviyasini tushirib yuborishiga sabab bo`lishi, jarayonni maqbullashtirish, 2019-2025 yillarda O`zbekiston Respublikasining Oliy ta`lim tizimi tomonidan kontrakt narxlari va stipendiyalarni me`yoriga qo`yishga va kvotalar tizimida eng katta qadamlardan biri bo`lishi to`g`risidagi fikrlar tadbir ishtirokchilari tomonidan bildirildi.
Miting davomida o`zini Furqat deb tanishtirgan fuqaro belgilangan kontrakt narxlariga o`z e`tirozini bildirdi. Kontrakt narxlarini ozroq pasaytirish ayni muddao bo`ldi. Agarda bir oiladan 3 nafar talaba o`qiyotgan bo`lsa, uchinchi farzandning shartnoma pulini to`lamagan holda o`qishini belgilash lozim. Shundagina jamiyatimizda qiynalgan oilalarga nisbatan adolat o`rnatiladi.
O`zini Maftuna deb tanishtirgan talaba tomonidan Oliy o`quv yurtlarida o`quv amaliyoti soatlarini ko`paytirish kerak. Buning mexanizimi sifatida talaba haftada bir kunini korxona va tashkilotda o`quv amaliyotini bakalavr bosqichining 3, 4 chi kurslarida qat`iy o`tashi belgilab qo`yilsa.






