AsosiyJamiyat

Jismoniy tarbiya va sport vaziri endi O`zbekiston voleybol federasiyasini ham boshqaradi

'Jismoniy tarbiya va sport vaziri endi O`zbekiston voleybol federasiyasini ham boshqaradi'ning rasmi

Jismoniy tarbiya va sport vazirligining anjumanlar zalida O`zbekiston voleybol federasiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi bo`lib o`tdi. Unda vazirlik mutasaddilari hamda federasiyaning ijroqo`m a`zolari ishtirok etdi.

Tadbirga O`zbekiston voleybol federasiyasining 11 kishidan iborat ijroiya qo`mitasi a`zolaridan 9 nafari tashrif buyurgani va kvorum a`zolari sonining etarli ekani Konferensiyaning qonuniy ravishda o`tganini anglatadi.

Mazkur konferensiya kun tartibidan o`rin olgan asosiy masala Federasiyaga yangi prezident saylash bo`ldi.

Shu kungacha federasiya prezidenti lavozimi vakant bo`lib turganligi sababli O`zbekiston voleybol federasiyasi bosh kotibi Daniyar Burnashev ushbu lavozimga Jismoniy tarbiya va sport vaziri D.Nabiev nomzodini ilgari surdi. Ovoz berish jarayonida nomzod bir ovozdan ma`qullandi hamda Dilmurod Hamidullaevich O`zbekiston voleybol federasiyasining prezidenti etib saylandi.


 

photo5323397451706641438.jpg

    Boshqa yangiliklar