AsosiyJamiyat

Bank kartasi yo`qolganligi haqida xabarnomani tunu kun yuborish imkoniyati bor

'Bank kartasi yo`qolganligi haqida xabarnomani tunu kun yuborish imkoniyati bor'ning rasmi

“To`lovlar va to`lov tizimlari to`g`risida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi...

Qonunga muvofiq, to`lov tizimi to`lovlarni to`lov tizimining operatori, to`lov tizimi ishtirokchilari va (yoki) to`lov tashkilotlarining to`lov tizimi operatori tomonidan belgilangan to`lov tizimining tartib-taomillarini, infratuzilmasini va qoidalarini qo`llash vositasida hamkorlik qilish yo`li bilan amalga oshirishni ta`minlaydigan munosabatlar majmuidir.

To`lov xizmati to`lov xizmatlaridan foydalanuvchi va to`lov xizmatlarini etkazib beruvchi o`rtasida tuzilgan shartnoma, shu jumladan ommaviy oferta tarzidagi shartnoma asosida ko`rsatiladi.  

O`zbekiston hududida to`lovlar quyidagilar orqali amalga oshiriladi:

naqd pul mablag`larini o`tkazish;

elektron pullarni o`tkazish;

pul mablag`larini to`lov vositalaridan foydalangan holda o`tkazish;

pul majburiyatini yoki pul mablag`larini to`lash to`g`risidagi farmoyishni o`z ichiga olgan to`lov hujjatini berish;

elektron to`lov vositalaridan foydalanish.

 

Shuningdek, Qonunga ko`ra, bank kartasining emitenti bank kartasini saqlovchini bank kartasi yo`qolganligi va (yoki) bank kartasidan ruxsatsiz foydalanilganligi to`g`risidagi xabarnomani tunu kun yuborish imkoniyati bilan ta`minlashi shart.

 

    Boshqa yangiliklar