AsosiyJamiyat

Oqtepada qarama-qarshi yo`lga chiqqan “Lasetti” topib o`rganildi

'Oqtepada qarama-qarshi yo`lga chiqqan “Lasetti” topib o`rganildi'ning rasmi

 

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi avtomobilning qarama-qarshi harakat yo`nalishiga chiqish orqali avariya holatini yuzaga keltirgan haydovchi bo`yicha telegram kanalida qo`yilgan post orqali o`rganish olib bordi. 

Keltirilishicha, “Nasimov. Stolik s vidom na planetu” telegram-kanalida Lasetti avtomobili qarama-qarshi harakat yo`nalishiga chiqib ketish ko`rinishidagi yo`l harakati qoidasini buzganligi aks etgan ma`lumot paydo bo`ldi. Xabar ostida quyidagi sharh qoldirilgan edi: “Ikki yil avval shu kabi bir haydovchi qarama-qarshi yo`nalishdan harakatlanib, oilamiz vakillaridan birini o`ldirib, ikkinchisi og`ir jarohatlagan edi”. Kanal muallifi huquqbuzarlik sodir etilgan joy va vaqtni ham aniq ko`rsatib o`tdi. “Oqtepadagi Seul ko`chasidan chiqishyo`li. 18:53, 2019 yil 1-noyabr”

Ma`lum qilinishicha, Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan avtomobil haydovchisi – 24 yoshli Bobir A.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`shg`risidagi kodeksining 128-5-moddasi, ya`ni, “Transport vositalari haydovchilarining xalaqit berishi yoki avariya holatini yuzaga keltirishi, yo`lning qarama-qarshi harakatlanish uchun mo`ljallangan tomoniga yoki bo`lagiga chiqishi” bo`yicha ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.  Ushbu huquqbuzarlik eng kam ish haqining o`n baravari miqdorida jarima solinishiga sabab bo`ladi.

Shuningdek, “Hurmatli haydovchilar! Qanchalik shoshayotganingizga qaramasdan, qarama-qarshi yo`nalish bo`lagidan harakatlanish xavfi juda yuqoridir. O`z sog`lig`ingiz va hayotingizni, shuningdek harakatning boshqa ishtirokchilarining hayotini xavf ostiga qo`ymang”, — deya ogohlantirgan IIBB xabarida.

Boshqa yangiliklar