“Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish haqida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi (O`RQ–577-son, 31.10.2019 y.).
Qonunga muvofiq, bojxona ma`muriyatchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksga bir qator o`zgartirish va qo`shimchalar kiritildi.
Jumladan, Kodeksga kiritilgan o`zgartirishlarga ko`ra, muayyan bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlar va transport vositalarini ushbu bojxona rejimi talablariga muvofiq bo`lmagan tarzda tasarruf etganlik uchun, fuqarolarga eng kam ish haqining 20 baravaridan 30 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – 30 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda jarima belgilandi.
Shuningdek, bojxona rasmiylashtiruvi tugallanmagan tovarlar va transport vositalarini tasarruf etganlik uchun fuqarolarga eng kam ish haqining 20 baravaridan 30 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – 30 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda jarima belgilandi.
Qonun rasmiy e`lon qilingan kundan e`tiboran uch oy o`tgach kuchga kiradi






