AsosiyJamiyat

O`zbekiston va Hindiston mudofaa vazirlari muloqot o`tkazdi

'O`zbekiston va Hindiston mudofaa vazirlari muloqot o`tkazdi'ning rasmi

O`zbekiston mudofaa vaziri general-mayor Bahodir Qurbonov Hindiston mudofaa vaziri Rajnatx Singx boshchiligidagi delegasiya vakillarini qabul qildi. 

Uchrashuv davomida ikki mamlakat mudofaa idora rahbarlari mintaqadagi harbiy-siyosiy vaziyatni muhokama qilib, xalqaro tinchlikni ta`minlash borasidagi hamkorliklarga ahamiyat qaratdilar. 

Muzokaralar davomida oliy harbiy ta`lim muassasalarida harbiy kadrlarni tayyorlash hamda harbiy tibbiyot mutaxassislari malakasini oshirish va soha sifatini yanada mustahkamlash yuzasidan hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Keng qamrovli muloqotdan so`ng Hindiston harbiy delegasiyasi Qurolli Kuchlar akademiyasiga tashrif buyurdi. 

Ular akademiya tarixi muzeyi va o`quv-moddiy bazasi, shuningdek u erda yaratilgan sharoilar, ob`ektlari, infratuzilmasi va o`quv-tarbiyaviy jarayoni bilan tanishdi. Qurolli Kuchlar akademiyasi va Hindiston Mudofaa boshqaruv kolleji o`rtasida o`rnatilgan videokonferens aloqa ushbu tashrifning muhim voqeasi bo`ldi. 

Ikki davlat Mudofaa vazirlari hamda ilmiy-pedagogik kadrlarining zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda olib borgan muloqotlari hamkorlikni rivojlantirishning, harbiy ta`lim, ilm sohasida tajriba va axborot almashuvning keng imkoniyatlarini ko`rsatdi. 

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti   

    Boshqa yangiliklar