1

Xitoy-O`zbekiston 2:1 - vakillarimiz o`z imkoniyatlarini pasaytirib yuborishdi

Sport 14.01.2015, 16:39
Xitoy-O`zbekiston 2:1 - vakillarimiz o`z imkoniyatlarini pasaytirib yuborishdi

O`zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo Kubogidagi ikkinchi o`yinda kerakli natija qayd eta olmadi.
Avvaliga uchrashuv Mirjalol Qosimov shogirdlari uchun ko`ngildagidek boshlangandi. 22 daqiqada Odil Ahmedov uzoqdan zarba yo`lladi. Zarba balki noaniq chiqardi, ammo to`p raqib himoyachilariga tegib, rikoshet orqali gol bo`ldi.
Birinchi bo`limda ushbu hisob saqlanib qoldi. Ammo ikkinchi bo`limda O`zbekiston terma jamoasi o`yinida pasayish bo`ldi. Raqib esa aksincha, ancha kuchli o`yin ko`rsata boshladi. Shunga monand Xitoy terma jamoasi ikki gol kiritib, vaziyatni o`z foydasiga og`dirib olishga muvaffaq bo`ldi.

Shuni ham alohida ta`kidlab o`tish kerakki, Xitoy terma jamoasi bugungi g`alabadan keyin muddatidan avval guruhdan chiqish va guruhda 1-o`rinni olish vazifasini bir yo`la bajardi. So`nggi turda O`zbekiston terma jamoasi Saudiya Arabistoni termasini yirik hisobda mag`lubiyatga uchratgan taqdirda ham guruhda faqatgina 2-o`rinni egallaydi. Chunki ochkolar teng kelib qolganda, birinchi navbatda o`zaro o`yinlarga qaraladi.
Osiyo Kubogi, V guruhi
2-tur
Xitoy - O`zbekiston - 2:1
Gollar: Odil Ahmedov 22, Vu Xai 55, Sun Ke 68
O`zbekiston: Ignatiy Nesterov, Akmal Shoraxmedov, Shavkat Mullajonov (Islom To`xtaxo`jaev 46) Anzur Ismoilov, , Vitaliy Denisov, Aziz Haydarov, Odil Ahmedov, Timur Kapadze, Sanjar Tursunov (Jasur Hasanov, 71), Server Jeparov (Sardor Rashidov, 62), Igor Sergeev.
Xitoy: Vang Dalei, Ren Xang, Mei Fang, Jiang Zipeng, Zang Linpeng, Vu Lei, Jeng Ji, Vu Ksi, Zang Chengdong, Gao Lin, Yu Xai.

Manba: www.uff.uz   

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1