Madridning “Real” futbol klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu rossiyalik model Irina Sheyk bilan ajrashdi, deya xabar beradi 101greatgoals.com.
Xabar berilishicha, doimiy ravishda Krishtianuga muhim tadbirlarda hamrohlik qiluvchi Sheyk “Oltin to`p” g`oliblarini taqdirlash marosimiga kelmagan va Ronalduni tabriklamagan. O`tgan yili futbolchi xuddi shu mukofotni qo`lga kiritganida Irina uning yonida edi. O`shanda model Instagramdagi sahifasida “u bilan faxrlanishi”ni yozgandi.





