Qarshi shaharidagi "Yashil bozor" yonida "Mehrli muzlatgich" o`rnatildi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati ma`lum qildi. Barchaga ma`lum bo`lganidek, bu muzlatkichga imkoniyati etgan insonlar istagan eguliklarini qo`yib ketishlari, ehtiyojmandlar esa undan bemalol foydalanishlari mumkin bo`ladi.
“Savob ishni har kuni, har qadamda qilaylik.
Yaxshi niyat bilan taom ulashing” — deya yaxshilikka chorlanmoqda xabarda.
Eslatib o`tamiz, bundan avval xuddi shunday muzlatkich Samarqand viloyatida ham o`rnatilgan edi.