AsosiyJamiyat

Chevrolet Trailblazer avtomobili O`zbekiston uchun Tailandda yig`iladi

'Chevrolet Trailblazer avtomobili O`zbekiston uchun Tailandda yig`iladi'ning rasmi

Tailanddagi GM zavodi O`zbekistonga Chevrolet Trailblazer avtomobillarining birinchi partiyasini yubordi, deb xabar beradi Podrobno.uz GM ma`lumotlariga asoslanib.

“Biz Trailblazer O`zbekistonda muvaffaqiyatli sotilishiga ishonamiz, bu erda turli yo`l sharoitlari ishonchli va qulay avtomobillarni talab qiladi. Bundan tashqari, Trailblazer Chevrolet’ning O`zbekistondagi etakchi mavqeini mustahkamlashga yordam beradi”, — deydi GM’ning Janubi-Sharqiy Osiyo bo`yicha prezidenti Gektor Vilyarreal.

Uning so`zlariga ko`ra, Amerika kompaniyasi Tailanddagi jahon miqyosidagi ishlab chiqarish korxonalari bilan faxrlanadi va O`zbekiston jahon standartidagi avtomobillarni olishini biladi. 

O`zbekistonga har yili mingta mazkur modeldagi avtomobil etkazilishi kutilmoqda. Ular yaqin oylarda sotuvga chiqariladi. 

Shu bilan birga, avvalroq UzAuto Motors vakillari Trailblazer 2019 yil oxiri va 2020 yil boshida O`zbekistonda ishlab chiqarilishi rejalashtirilayotgan modellar ro`yxatida ekanligini aytishgandi.

    Boshqa yangiliklar