AsosiyJamiyat

82,7% bog`chalarda elektr va issiqlik qurilmalarining texnik holati koniqarsiz

'82,7% bog`chalarda elektr va issiqlik qurilmalarining texnik holati koniqarsiz'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi O`zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta`lim vazirligi tasarrufidagi muassasalarning 2019-2020 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi bo`yicha ma`lumot berdi.

“O`zenergoinspeksiya” tomonidan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 30 iyuldagi PQ-4407-sonli “Respublika iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalarini 2019-2020 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga kompleks tayyorlashni ta`minlash chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori ijrosini ta`minlash maqsadida, Maktabgacha ta`lim vazirligi tasarrufidagi muasasalarda bajarilishi bo`yicha o`rganishlar o`tkazildi.

O`tkazilgan o`rganishlar davomida O`zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta`lim vazirligi tasarrufidagi ko`mir yoqilg`isida isitiladigan jami 3744 ta muassasalardan 803 tasi (21,4%) ko`rilganda, ularning 367 tasida (45,7%) ko`mir saqlanishi holati qoniqarsiz ekanligi ma`lum bo`ldi.

Misol uchun: Jizzax viloyati, Arnasoy tumanidagi 4-sonli «Lola» maktabgacha ta`lim muassasasida ko`mir saqlash uchun maxsus omborxonaning tom qismi ta`mir talab holatda, yani tom qismi shiferlari singan hamda eshiklari yonuvchi materiallar bilan to`silgan, bundan tashqari muassasa uchun ajratilgan ko`mir yoqilg`isini bir qismi omborxona tashqarisida saqlanmoqda. Shuningdek, ushbu ko`mir yoqilg`isini saqlanishiga javobgar shaxs tayinlanmagan va uni miqdorini ko`rsatib turuvchi taxtachalar o`rnatilmagan.

Namangan viloyati,  Kosonsoy tumanidagi 16-sonli maktabgacha ta`lim muassasasida ko`mirni saqlash uchun maxsus omborxona mavjud emasligi natijasida ko`mir yoqilg`isi tom qimsi yopilgan ochiq ayvoncha tagida saqlanmoqda, shuningdek ushbu ko`mir yoqilg`isini saqlanishiga javobgar shaxs tayinlanmagan va uni miqdorini ko`rsatib turuvchi taxtachalar o`rnatilmagan.

Farg`ona viloyati, Quva tumanidagi 12-sonli maktabgacha ta`lim muassasasida ko`mirni saqlash uchun maxsus omborxona mavjud emasligi natijasida, ko`mir yoqilg`isi tom qimsi yopilgan ochiq ayvoncha tagida saqlanmoqda, shuningdek ushbu ko`mir yoqilg`isini saqlanishiga javobgar shaxs tayinlanmagan va uni miqdorini ko`rsatib turuvchi taxtachalar o`rnatilmagan.

Farg`ona viloyati, Quva tumanidagi 10-sonli maktabgacha ta`lim muassasasida ko`mir saqlash uchun maxsus omborxonaning tom qismi ta`mir talab holatda, yani tom qismi shiferlari singan hamda eshiklari yonuvchi materiallar bilan to`silgan, shuningdek ushbu ko`mir yoqilg`isini saqlanishiga javobgar shaxs tayinlanmagan va uni miqdorini ko`rsatib turuvchi taxtachalar o`rnatilmagan.

O`zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta`lim vazirligi tasarrufidagi jami 5751 ta muassasalardan 1605 tasi (27,9%) ko`rilganda, ularning 1328 tasida (82,7%) elektr va issiqlik qurilmalarining texnik holati koniqarsiz ekanligi ma`lum bo`ldi.

Misol uchun: Farg`ona viloyati, Quva tumanidagi 2, 5, 8, 9, 12, 13, 14, 16, 20, 22, 23, 25, 31, 33, 41, 42, 44, 45, 49, 50, 51, 52 va 54-sonli MTMlarda elektr taqsimlash qurilmalari joriy ta`mirlanmagan, eshiklarga qulf o`rnatilmagan, ogoxlantiruvchi va elektr ta`minoti bir chiziqli belgilar yozilmagan, elektr taqsimlash qurilmasidagi kommutasion simlarning ochiq joylari mavjud, shuningdek ayrim kommutasion apparatlar nosoz holatda eknligi, avtomatlarga kabellar mahsus uchliklarsiz ulangan va saqlagichlar o`rniga qo`l bola (juchok) simlar tortilganligi, elektr qurilmalarini erlagichlari elektrotexnik laboratoriya sinovidan o`tkazilmagan.

Buxoro viloyati, Qorako`l tumani, Do`stlik MFY, Buxoro ko`chasidagi 4-sonli MTMning ayrim kommutasion apparatlar nosoz xolatdaligi, 0,4 kV saqlagichlar o`rniga qo`l bola (juchok) simlar o`rnatilgan. 

Farg`ona viloyati, Farg`ona tumanidagi 38-sonli MTMning 0,4 kV kuchlanishli qurilmalarni erlagichlari elektrotexnik labaratoriya sinovidan o`tkazilmagan. 

Farg`ona viloyati, O`zbekiston tumanidagi 38-sonli MTMning elektr xo`jaligi uchun javobgar shaxs buyruq asosida tayinlanmagan.

Farg`ona viloyati, Dang`ara tumanidagi 4-sonli MTMning elektr taqsimlash qurilmalaridagi kommutasion qurilmalarning simlari ochiq joylari mavjudligi, ayrim kommutasion apparatlar nosoz xolatdaligi, avtomatlardagi kabellar maxsus uchliklarsiz ulangan va standart saqlagichlar o`rniga qo`lbola (juchok) simlar o`rnatilgan.

 

 

    Boshqa yangiliklar