AsosiyShou-biznes

“Yil qo`shig`i-2014” 29-30 yanvar kunlari aniqlanadi

Yoshlar madaniyat va san`at markazi O`zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda “O`zbeknavo” estrada birlashmasi ko`magida “Yil qo`shig`i-2014” teleloyihasining yakuniy bosqichini o`tkazish sanasini e`lon qildi.

Loyiha 29-30 yanvar kunlari “Istiqlol” san`at saroyida bo`lib o`tadigan gala-konsert bilan yakunlanadi. Tadbirda estrada yulduzlari 2014 yildagi eng xit qo`shiqlarni ijro etishadi. Aynan ushbu chiqishlar teleloyihaning so`nggi bosqichi hisoblanadi. Buning uchun “O`zbeknavo” estrada birlashmasi hamda FM radiostansiyalar tomonidan 50 dan ortiq ijodkorlarning 100ga yaqin qo`shiqlari tadim etilgan bo`lib, ushbu qo`shiqlar radiotinglovchilar tomonidan ko`proq qo`yilishi iltimos qilingan.

Natijada, radiotinglovchilar hamda jamoatchilik fikr inobatga olingan holda eng yaxshi 20ta qo`shiq tanlab olinadi. Har bir eng yaxshi qo`shiq ijrochisi statuetka bilan taqdirlansa, uning bastakori va shoiri diplomni qo`lga kiritadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar