Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilariga "tajovuzga vaqt sarflamaslikni" maslahat beradi.
«VKontakte» sharhlardagi haqoratlarga qarshi kurashish uchun tajriba boshladi, deya xabar berilmoqda ijtimoiy tarmoq axborot xizmatiga asoslanib.
Keltirilishicha, sharh yozishda haqorat alomatlari bo`lsa, algoritmlar uni aniqlaydi. Agar haqoratli so`zlar aniqlansa, foydalanuvchiga "tajovuzga vaqt sarflamaslik va ranjitadigan jumlalardan voz kechish"ni taklif qiladi.
Funksiya tajriba doirasida yo`lga qo`yildi va u bir kun davomida foydalaniladi.
Keyin «VKontakte» ma`muriyati uning nechog`lik samaradorligini baholaydi.






