Hozirgina taqdim etilgan ma`lumotlarga ko`ra, Uchtepa tumani hududiga qarashli 04 kVli 1932-sonli past kuchlanishli transformator punktida ta`mirlash ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida, “Zulfizar”mahalla hududidagi “Ibrat”, “ZiyoSaid”, “Yangi labzak”, “Nashriyot”, “Tabrik”, “Zulfizar” hamda “Nizomiddin Xo`jaev” ko`chalarida 2019 yil 05 noyabr kuni soat 09:00 dan 14:00 ga qadar elektr energiyasida vaqtincha uzilish bo`ladi.
Tumanning “Quyi darxon” mahalla hududida joylashgan 1255-sonli past kuchlanishli transformator punktida ta`mirlash ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida, “Beshqayrag`och”, ”Taqachi”, “Munosabat”, “Atoiy” va “Chevar” 1, 2, 3 –tor “Zulfizar”, “Ixtiro” ko`chalarida 2019 yil 05 noyabr kuni soat 09:00dan 14:00 ga qadar elektr energiyasida vaqtincha uzilish bo`ladi.
Shuningdek, 05 va 06 noyabr kunlari Chilonzor tumanining 6-mavze hududiga qarashli 5357-sonli transformator punktida mukammal ta`mirlash ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida, tumandagi “OITS” markazida soat 10:00 dan 17:00 qadar elektr energiyasi vaqtincha uzilish bo`ladi.
Shuningdek, ertaga, 5 noyabr kuni Andijon viloyatining ayrim hududlarida soat 09:00 dan 17:00 ga qadar 110 kV kuchlanishli “L-G`alaba” elektr uzatish tarmog`i rejali mukammal ta`mirlanishi sababli, Andijon tumanida joylashgan 110/10 kV kuchlanishli “Otchopar” podstansiyasidan ta`minlanuvchi “Otchopar” mahalla fuqarolar yig`inida yashovchi aholi xonadonlarida;
Izboskan tumanida joylashgan 35/10 kV kuchlanishli “Lug`umbek” podstansiyasining elektr uzatish tarmog`i rejali mukammal ta`mirlanishi sababli, “Do`stlik”, “Chekyor”, “Rovvot”, “Yuqori”, “Navjur”, “Xaqulobod”, “Taraqqiyot”, “Bo`ston”, “Navrozobod”, “Obod”, “Birlashgan” ahalla fuqarolar yig`inlarida yashovchi aholi xonadonlarida va 6 kV kuchlanishli “Markaziy taqsimlash shohobchasi” 1-SSh elektr uzatish tarmog`i rejali mukammal ta`mirlanishi sababli, Andijon shahridagi “O`zbekiston”, “Yangi turmush”, “Buvasadin” mahalla fuqarolar yig`inlarida yashovchi aholi xonadonlarida elektr ta`minotida vaqtinchalik uzilishlar bo`ladi.
Hazorasp tumanida elektr uzatish tarmoqlarida uzilishlar kuzatilishi mumkin.
2019-2020 yillarda kuz-qish davrida elektr uzatish tarmoqlari va transformator punktlarini mukammal va joriy ta`mirlash bo`yicha ta`mirlash ishlari jarayonida hududlarda elektr energiyasida uzulish holatlari kuzatilishi mumkun.
Jumladan, Hazarasp tumanidagi “Karvak”, “Ovshar”, “Yangiobod”, “Aloqali ko`l”, “Amudaryo”, “Yangibozor”, “G`afur G`ulom”, “Shovot” mahallalarida soat 10:00 dan 18:00 gacha elektr energiyasida uzulishlar kuzatilishi mumkin.
Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr iste`molchilardan so`raymiz.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati.






