Toshkentda ayol o`g`lini akademiyaga va qizini maktabga kiritib qo`yishni va`da qilgan shaxsga aldandi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar qildi.
Keltirilishicha, Bektemir tumani IIO FMBga 37 yoshli Shaxnoza I. murojaat qilgan. Uning murojaatidan ma`lum bo`lishicha, joriy yilning may oyi o`rtalarida 29 yoshli Muhammat M. unga o`g`lini O`zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasiga o`qishga kirishida yordam berib, qizi va jiyanini maktabga o`qishga kiritishini va`da qilgan. O`zining “xizmatlari” uchun u Shaxnozadan 1900 AQSh dollari va 3.500.000 so`m olgan. Ammo o`z va`dasida turmasdan, pullarni ehtiyojiga sarflab yuborgan. Ushbu fakt asosida O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atildi.
“Hurmatli hamshahar va Toshkent mehmonlari! Ogoh bo`ling! Masalangizni hal qilishda vakolati bo`lmagan insonlarga ishonmang”, — deya ogohlantirmoqda IIBB






