AsosiyJamiyat

FVV haydovchilarni “Qamchiq” dovonida ogoh bo`lishga chaqirdi

'FVV haydovchilarni “Qamchiq” dovonida ogoh bo`lishga chaqirdi'ning rasmi

Kuz-qish mavsumi kirib kelishi munosabati bilan A-373 “Toshkent-O`sh” avtomobil yo`lining “Qamchiq” dovonida ob-havo haroratining keskin pasayishi kuzatilishi (qisqa muddatli yomg`ir va qor yog`ishi) mumkin.

FVV yo`l transport hodisalari bilan bog`liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida, dovon hududida harakatlanishdan oldin bir nechta mutaxassis tavsiyalariga e`tibor qaratishni so`ragan.

Xususan, avtomobillarning texnik holatini to`liq ko`zdan kechirish, dovon orqali etarli darajada yoqilg`i-moylash mahsulotlari bilan harakatlanish, avtotexnikalarning qish mavsumida harakatlanish uchun maxsus shinalar bilan almashtirish so`raladi. 

Bundan tashqari haydovchilarga “Qamchiq” dovoni orqali harakatlanganda hushyorlikni yanada oshirishlari va yo`llarda to`xtab dam olishlari, viloyatlararo yuk tashish bilan shug`ullanuvchi tashkilotlar, firmalar, xususiy tadbirkorlar tomonidan haydovchilar bilan profilaktik tadbirlar o`tkazilishi tavsiya etilgan.

Shu o`rinda FVV “Qamchiq” dovoni bo`yicha qo`shimcha ma`lumotlarni olish mumkin bo`lgan Maxsus qidiruv-qutqaruv boshqarmasi navbatchilik qismining 95 146-87-08 telefon raqamini yozib qoldirgan.

“O`zingiz hamda yo`lovchilar hayotini xavf ostiga qo`ymang!”, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar