AsosiyDunyo

Tailanddagi qo`riqxonada yovvoyi fillar avtomobillarga hujum qildi

Tailand poytaxti Bangkok shahridan 150 kilometr uzoqlikda joylashgan Kxao Yay milliy bog`ida yovvoyi fillar so`nggi haftada uch marta sayyohlarning avtomobillariga hujum qildi, deb xabar bermoqda daryo.uz «RIA Novosti»ga asoslanib.

Hodisalar oqibatida hech kim jabr ko`rmagan, biroq avtomobillarga jiddiy zarar etgan. Barcha uch hujum shosse yo`lining bog` hududidan o`tuvchi aynan bir hududida sodir etilgan. Bu yo`ldan avtokempinglarda dam olish uchun bog`ga tashrif buyuruvchi sayyohlar foydalanishi qayd etilgan.

Birinchi holatda qarshisidan fil chiqqan avtomobil signal chalganda, ikkinchisida avtomobilning uzoqni yorituvchi chirog`i bilan filni haydashga urinilganda, uchinchisida esa fotoapparat ob`ektivi yorug`ligi yo`naltirilganda erkak fillar avtomobillarga hujum qilgan.

    Boshqa yangiliklar