AsosiyJamiyat

Perevalni to`sish kimga kerak bo`lib qoldi?

'Perevalni to`sish kimga kerak bo`lib qoldi?'ning rasmi

Bugun joylarda sodir bo`layotgan voqea-hodimalarni tezkor ma`lum qilish va munosabat bildirishda blogerlar faol. Xususan, telegram kanalida Respublikamiz viloyatlari bo`ylab qo`yilgan “post”lar yuzasidan munosabat bildirildi:

“Aytamiz ham, qaytamiz ham qabilida ish tutish... Prezident topshirig`i bilan respublika bo`yicha o`nlab keraksiz postlar olib tashlanganida hammamiz quvongandik. Qolganlarida ham pasport tekshiruvidek dahmazalarga chek qo`yildi. 

Bunday asabbuzarliklar, ayniqsa, vodiyliklarni zada qilib yuborgandi o`ziyam. Xudo ko`rsatmasin, pasportingiz uyda qolib ketsa bormi, taksidan tushirilardingiz-u, ortga qaytarib yuborilardingiz. Bunga o`zim ko`p guvoh bo`lganman. 

Ammo uch yil o`tar-o`tmas yana eski hammom, eski tos. Yaqinda vodiyga borib keldim, perevaldagi post yana "strogiy"lashibdi. Uning oldida mashinalarning  «probkasi» paydo bo`libdi. 

Endi ilgarigidek yo`lovchilarni emas, haydovchilarni tekshirishyapti...

Qiziq! Oldin yo`lovchilarni tekshirishardi. Haydovchidan kimsan, nimasan, hujjating bormi, deb deyarli so`rashmasdi. Endi esa yo`lovchilar bilan ishlari yo`q. Ali Xo`ja, Xo`ja Ali-ku! 

Davlat rahbariga "xo`p bo`ladi" deyishsa-da, postdagilarning bilgani bilgan ekan-da...” — deya izoh so`ralmoqda.

Boshqa yangiliklar