Turkiya hukumati "Islom davlati" terrorchilik guruhi etakchisi Abu Bakir al-Bag`dodiyning tug`ishgan opasini oilasi bilan qo`lga oldi, deb xabar berdi AQShning Assoshieyted Press va Britaniyaning Reyter agetliklari turkiyalik amaldorning bergan ma`lumotlariga asoslangan holda.
Agentlik bergan ma`lumotga ko`ra, 65 yoshli Rasmiya Avad (Rasmiya Awad) dushanba kuni kechqurun Suriyaning shimolida joylashgan Aleppo provinsiyasidagi Azaz shahrida qo`lga olingan. Rasmiya Avad ekstremistik guruhlar bilan aloqada bo`lganlikda ayblanmoqda. Manbaning xabar berishicha, ayolning qo`lga olinishi razvedka uchun juda qo`l keladi. Rasmiya Avadning jangarilarni ushlash va yo`q qilishda yordami beqiyos bo`lishiga umid qilinmoqda. Ayol bilan birga uning eri, besh nafar farzandi va kelini ham qo`lga olingan va so`roq qilingan.
AQSh prezidenti Donald Tramp 27 oktyabr kuni al-Bag`dodiy yo`q qilingani haqida ma`lum qilgan edi.