AsosiyJamiyat

"O`zgidromet" ogohlantiradi: Toshkent havosida zararli moddalar me`yori oshdi

'"O`zgidromet" ogohlantiradi: Toshkent havosida zararli moddalar me`yori oshdi'ning rasmi

1-3 noyabr va 4 noyabr tongida Toshkent shahridagi meteorologik sharoitlar shaharning havo muhitida zararli moddalarning bir oz tarqalishiga imkoniyat yaratdi.

Stasionar postlarning kuzatuv ma`lumotlariga ko`ra quyidagi tumanlarda havoning ifloslanishi bir martalik maksimal ruxsat etilgan me`yor (REM b.m.) dan ortgani qayd etilgan.

Azot dioksidi bo`yicha:

Yakkasaroy, Mirobod, Qibray tumanlarida REM b.m. dan yuqori 4 holat kuzatildi.

Uglerod oksidi bo`yicha:

Yashnobod tumanida REM b.m. dan yuqori 1 holat kuzatildi.

Boshqa tumanlarda olingan ma`lumotlar bo`yicha zararli moddalar miqdori ruxsat etilgan me`yor (REM b.m.)dan yuqori bo`lgani kuzatilmadi.

6 noyabr va 7 noyabr tongida Toshkent shahrining ob-havo  sharoiti shahar havo muhitida zararli moddalarning bir oz tarqalishiga imkoniyat yaratadi. 

Ushbu xabar yuzasidan saytimiz muxbiri meteorolog mutaxassislar bilan bog`landi. Tez orada bunday holatning sabablariga aniqlik kiritib, fuqarolar uchun zararlanishning oldini olish choralari haqida ma`lumot beramiz. 

    Boshqa yangiliklar