Mazkur video xabarda, Byuroning Nukus tuman bo`limi davlat ijrochilarining majburiy ijro jarayoni aks ettirilgan.
Aniqlanishicha, Nukus tumanlararo Ma`muriy sudining 04.04.2019 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor Jarilqasimov Abilqasim Islamovichdan davlat foydasiga 5 mln. 68 ming so`m ma`muriy jarima undirish belgilangan.
Mazkur ijro hujjati Byuroning Nukus tuman bo`limi ish yurituviga 30.04.2019 yili kelib tushib, O`zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to`g`risida” gi Qonuniga asosan ijro ishi qo`zg`atilib, qarzdorga ijrosini ixtiyoriy bajarish uchun 5 kunlik muddat berilgan va qarzdor qarzdorlikni to`lashi kerakligi haqida ogohlantirilgan.
Shuningdek, joriy yilning 13 iyun kuni bo`lim davlat ijrochisi A.Usanova qarzdor A.Jarilqasimovning Nukus tumani, Toqtao`” MFY D.Nazarbekov ko`chasi, 17-uydagi yashash manziliga ijro varaqasining ijrosini ta`minlash maqsadida borganida, qarzdorning uyida bo`lmaganligi sababli ijro harakatlarini bajarish imkoni bo`lmagan.
Shundan so`ng, joriy yilning 29 oktyabr kuni olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida, davlat ijrochisi A.Usanova qarzdor A.Jarilqasimovning yashash manziliga borib, qarzdorga tegishli 1 dona “Artel” rusumli televizorini xolis guvohlar B.Utegenov va S.Dosashev, profilaktika inspektorlari U.Xudaybergenov va O.Sherxanov hamda qarzdor ishtirokida xatlovga olgan va realizasiya qilish uchun olib ketilgan.
Bundan tashqari, olib borilgan o`rganish ishlari natijasida Byuroning Nukus tuman bo`limi xodimlari tomonidan qonun buzilishga yo`l qo`yilmaganligi aniqlandi.
Majburiy ijro byurosining Qoraqalpog`iston Respublikasi boshqarmasining jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot xizmati