AsosiyJamiyat

Xorijga chiqish tartibiga o`zgartirishlar kiritilmoqda

'Xorijga chiqish tartibiga o`zgartirishlar kiritilmoqda'ning rasmi

«O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibi to`g`risidagi nizomga o`zgartirishlar kiritish haqida»gi Prezident qarori loyihasini muhokama qo`yildi.

Unga ko`ra:

*xorijga chiqish biometrik pasportiga vaqtinchalik ro`yxatdan o`tganligi haqida kiritiladigan qayd o`rniga turgan joyi bo`yicha hisobga olinganligi qayd etiladi;

*xorijga chiqish biometrik pasportiga ichki ishlar organlari bo`linmalari tomonidan vaqtinchalik ro`yxatdan o`tganligi haqidagi qayd o`rniga turgan joyi bo`yicha hisobga olinganligi haqidagi qayd kiritiladi.

* fuqarolar xorijga chiqish biometrik pasportini olish uchun doimiy propiskada turadigan yoki turgan joyi bo`yicha hisobga olingan joylaridagi ma`lumotlarni yig`ish punktiga yoki konsullik ro`yxatiga olingan ma`lumotlarni yig`ish punktiga murojaat qiladi.

*Fuqaroning doimiy propiskasi mavjud bo`lmagan taqdirda xorijga chiqish biometrik pasportini olish uchun u oldingi ro`yxatda turgan joyi bo`yicha ma`lumotlarni yig`ish punktiga, propiskaga oid ma`lumotlar mavjud bo`lmagan hollarda fuqaro xorijga chiqish pasportini olish uchun turgan joyi bo`yicha hisobga olingan joyidagi ma`lumotlarni yig`ish punktiga murojaat qilishi mumkin.

*Xorijga chiqish biometrik pasporti yo`qolgan taqdirda fuqaro darhol doimiy propiskada turadigan yoki turgan joyi bo`yicha hisobga olingan va konsullik ro`yxati bo`yicha ma`lumotlarni yig`ish punktiga murojaat qilishi shart.

Boshqa yangiliklar