Farzand har bir oilaga olam-olam quvonch olib keladi. Sirdaryo viloyati Xovos tumani “Qahramon” QFYda istiqomat qiluvchi Ilhomjon Ohunov va Yulduzxon Qushoqovaning farzandlari yana uch nafarga ko`paydi. Uch qiz, bir o`g`ildan so`ng, tug`ilgan uch egizak chaqoloqlarga yaxshi niyat bilan Shavkat, Miromon, Mirziyo deb ism qo`yishdi.
– Shavkatjonning vazni 2,500, Miromonning vazni 1,500, Mirziyoning vazni 2,000 kilogramm. Chaqaloqlar muddatidan biroz oldin tug`ilgan bo`lishsa-da, sog`lom. Ular viloyat perinatal markazida shifokorlar nazoratida parvarishlanmoqda. Ahamiyatli tomoni, chaqaloqlar markazimizda tug`ilgan birinchi egizaklarimiz, – deydi viloyat perinatal markazi bo`lim boshlig`i Klara Babaeva.
Keng ko`lamli bunyodkorliklar sababli obod va ozod bo`lib borayotgan Xovos tumanida yuqoridagi kabi xayrli xushxabarlar bardavom bo`lishimiga ishonchimiz komil.
Eslatib o`tamiz, kecha Bekobodda 4 egizak dunyoga kelgani haqida xabar bergan edik.






