2019 yilning 5 noyabr kuni soat 02:23 da Andijon viloyati Asaka tumani Ulug`bek MFY Saxiylik ko`chasida joylashgan “UzDongVongKo” qo`shma korxonasida yong`in sodir bo`layotganligi haqida yong`in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.
Xabar asosida voqea joyiga 3 ta yong`in o`chirish bo`linmalari jalb etilgan. Bo`linmalar chaqirilgan manzilga 3 daqiqada etib borgan. Ko`rilgan tezkor harakatlar natijasida yong`in soat 02:29 da o`rab olinib, 02:37 da bartaraf etilgan. Yong`indan korxonaning 150 kv.metr maydoni saqlab qolingan.
Tan jarohati olganlar va halok bo`lganlar qayd etilmagan. Yong`in oqibatida korxonaning ovqat tayyorlash xonasi 20 kv.metr maydonda yonib zararlangan. Yong`inni taxminiy sababi, qozonda yog`ni dog`lash uchun qo`yib, nazoratsiz qoldirilishi, deya xabar beradi O`zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo`linmasi. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.






