1

O`zbekistonda yil boshidan buyon 88 nafar inson yong`inlarda  halok bo`lgan

Jamiyat 05.11.2019, 21:03
Teglar: O`zbekiston, Yong`in, Fvv
O`zbekistonda yil boshidan buyon 88 nafar inson yong`inlarda  halok bo`lgan

Respublika hududida 2019 yilning o`tgan 10 oyi mobaynida sodir bo`lgan yong`inlar statistikasi e`lon qilindi.

Yong`in xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan 2019 yilning o`tgan 10 oyi davomida o`tkazilgan profilaktik ishlari natijasida 15586 ta bino va inshootlarda yong`in kelib chiqish xavfi oldi olingan, deya xabar beradi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo`linmasi. 

Sodir bo`lgan yong`inlarni o`chirish vaqtida ko`rilgan tezkor harakatlar natijasida 35 nafar insonlar qutqarilgan, 1271 bosh uy xayvonlari, 123 xil texnikalar, 289 mlrd. so`mdan ziyod bino va inshootlar qurilmalari va 95 mlrd. so`mdan ortiq moddiy boyliklar saqlanib qolingan. 

Shuningdek, fuqarolarning yong`in xavfsizligini ta`minlashga oid bilim ko`niklamalariga ega bo`lib borishi natijasida 2019 yilning o`tgan 10 oyi davomida sodir bo`lgan yong`inlar, 2018 yilning mos davriga nisbatan 345 taga, yong`inlarda insonlarning halok bo`lishi 10 taga va tan jarohati olishi 56 taga kamaygan. Lekin, olib borilayotgan ishlarga qaramasdan 2019 yilning o`tgan 10 oyi davomida respublika hududida jami 9384 ta yong`inlar qayd etilib, ushbu yong`inlarda 88 nafar inson halok bo`lgan va 240 nafar kishi tan jarohati olgan.

Jami sodir bo`lgan yong`inlarning 69,3 foizi aholi yashash joylarida, 9,5 foizi tadbirkorlik sub`ektlari ob`ektlarida, 5,3 foizi transport vositalarida va 1,3 foizi davlat tasarrufidagi ob`ektlarida yuzaga kelgan. Yong`inlarning 38,9 foizi ochiq olovdan ehtiyotsizlik bilan foydalanish, 30,1 foizi elektr uskunalaridan foydalanish qoidalarini buzilishi,11,1 foizi isitish pechlarining nosozligi yoki ulardan noto`g`ri foydalanish, 9,9 foizi bolalarning sho`xligi va 4 foizi transport vositalaridan foydalanish va tuzilishi qoidalarining buzilishidan sodir bo`lgan.

 

Sharhlar

Xorazmdagi qog`oz va karton ishlab chiqarish sexida yong`in chiqdi

22.04.2024, 13:54

Kecha 21 aprel kuni soat taxminan 16:10da Tuproqqal`a tumani «Muhabbat» MFY hududida joylashgan “Obod Poper” MChJga qarashli qog`oz va karton ishlab chiqarish sexida yong`in chikdi....
O`zbekiston Eronni mag`lub etib, Osiyo kubogiga yo`llanmani qo`lga kiritdi (video)

13.09.2023, 11:02

Osiyo kubogi uchun saralash o`yinlari yakunlandi, deya xabar bermoqda "darakchi.uz" muxbiri. Ma`lum bo`lishicha, so`nggi 6 o`yinda raqiblari darvozasiga 25 ta gol kiritib, 3 ta gol  o`tkazib...
⚡️ Rasmiy axborot: Norin daryosining dambasi mustahkamlanmoqda, suvi kamaytirildi

27.01.2023, 10:26

Sal avval ijtimoiy tarmoqlarda Norin daryosini to`sib turadigan damba qulagani va qirg`og`i emirilayotgani aytilgan edi. Shundan so`ng, FVV vaziyatni nazoratga olganini ma`lum qildi. Ayni paytda holat...
⚡️Qirg`iziston va O`zbekiston hamkorlikda ishlab chiqaradigan avtomobillarning narxlari e`lon qilindi

24.01.2023, 10:47

Avval xabar qilganimizdek, O`zbekiston va Qirg`iziston hamkorlikda 19 turdagi engil avtomobillar, jumladan mikroavtobus, pikap, sedan va boshqalarni ishlab chiqarishni rejalashtirgan. Qirg`izistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar narxi 13...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1