Qurollangan noma`lum guruh kechasi o`zbek-tojik chegarasidagi zastavaga hujum qilishgan, deb yozadi "RIA Novosti" axborot agentligi.
20 ta niqobli shaxs Dushanbedan 60 km. g`arbda joylashgan "Sultonobod" otryadining 4-"Ishqobod" zastavasiga hujum uyushtirgan. Ular 5 ta avtomatni olib qo`yishgan. Tezkor tadbir natijasida ularning 15 tasi yo`q qilingan, 5 tasi ushlangan. Otishmada tojik tomonidan chegara askari va milisiya xodimi halok bo`lgan.