AsosiyJamiyat

Buxoroda "zug`um qilingan" yolg`iz ayol aslida kim edi?

'Buxoroda "zug`um qilingan" yolg`iz ayol aslida kim edi?'ning rasmi

2019 yil 9 oktyabr kuni “Hurriyat” gazetasining 36-sonida chop etilgan “Yolg`iz ayolga zug`um” nomli maqola chop etilgan. Mazkur maqolada keltirilgan holatlar yuzasidan IIV o`rganish olib bordi va ma`lum qildi.

Aniqlanishicha, aslida 2019 yil 9 mart kuni viloyat hokimi rahbarligida Qorovulbozor tumani 18-sonli Bolalar musiqa va san`at maktabi binosida hokimiyat ishchi guruh a`zolari bilan yig`ilish o`tkazilganligi, R.Musurmonova shu kuni soat 11:45da maktab binosiga kelib yig`ilish zaliga kirmoqchi bo`lganida, tuman hokimiyati, prokuraturasi va IIB xodimlari zalda hokimiyat ishchi guruh a`zolari bilan yig`ilish boshlanganligi va yig`ilishga halaqit bermasligini tushuntirib, viloyat hokimini tashqarida kutib turishi mumkinligi haqida aytganlar. Biroq R.Musurmonova IIB xodimlarining qonuniy talablariga bo`ysunmasdan jamoat tartibini buzganligi uchun Qorovulbozor tumani “Cho`lquvar” MFY binosiga olib borilib, u bilan tushuntirish ishlari olib borilgan. Shunga qaramasdan R.Musurmonova MFY raisi bilan janjallashgan. Yuqoridagi holatlar tegishli tartibda rasmiylashtirilib, to`plangan hujjatlar qonuniy qaror qabul qilish uchun Qorovulbozor tumani Ma`muriy sudiga taqdim qilingan.

2019 yil 25 mart kuni Qorovulbozor tumani Ma`muriy sudi tomonidan R.Musurmonovaga nisbatan to`plangan hujjatlar ko`rib chiqilib, fuqaro R.Musurmonova O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 194-moddasi 1-qismi, 195-moddasi va 40-moddasida ko`rsatilgan huquqbuzarliklarni sodir qilganlikda aybli deb topilgan.

Shuningdek, 2019 yil 24 iyun kuni fuqaro R.Musurmonova IIVning virtual qabulxonasiga murojaat qilib, 2019 yil 9 mart kuni Qorovulbozor tumanida Buxoro viloyati hokimining sayyor qabuliga kelgan vaqtida uni IIB xodimlari sayyor qabulga kirishiga to`sqinlik qilib, qo`pol munosabatda bo`lganliklarini bildirgan. R.Musurmonovaning IIV virtual qabulxonasiga yo`llagan ushbu murojaati yuzasidan o`tkazilgan xizmat tekshiruvi xulosasi yakuni bilan R.Musurmonovaning murojaatidagi vajlari o`z tasdig`ini topmaganligi hamda shu erda bo`lgan xodimlar tomonidan xizmat intizomi va qonun talablari buzilmagan, deb topilgan.

Fuqaro R.Musurmonovaning yashash joyi o`rganilganida, u o`z manfaatlari yo`lida mavjud muammolarini ijobiy hal qilish maqsadida mansabdor shaxslarga tuhmat qilib, yuqori turuvchi idoralarga ariza bilan murojaat qiluvchi fuqaro sifatida ta`riflanganligini inobatga olib, 2019 yil 11 oktyabr kuni IIV Tezkor-ma`lumotlar bazasidan tekshirilganida, R.Musurmonova shunday holatlar bilan bog`liq 3 marotaba ma`muriy va 2 marotaba jinoiy javobgarlikka tortilganligi aniqlandi.

Misol uchun, R.Musurmonova 2011 yil 31 iyul kuni mayor F.Shodievga nisbatan qonuniy chora ko`rishni so`rab, Qorovulbozor tumani prokuraturasiga yozgan arizasi yuzasidan to`plangan hujjatlar Qorovulbozor tumani Ma`muriy ishlar bo`yicha sudi tomonidan ko`rib chiqilganida, sud jarayonida R.Musurmonova mayor F.Shodievga tuhmat qilganligi o`z tasdig`ini topgan;

2013 yil 18 iyul kuni Jinoyat ishlari bo`yicha Kogon tuman sudi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi (Tovlamachilik) 1-qismida ko`rsatilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topilib, unga 2 yil 6 oy muddatda axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan;

2018 yil 27 may kuni Jinoyat ishlari bo`yicha Qorovulbozor tuman sudi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 139-moddasida ko`rsatilgan (Tuhmat) jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topilib, jinoiy javobgarlikdan ozod qilingan.

Boshqa yangiliklar