AsosiyJamiyat

Avtohalokatda o`quvchilar vafot etdi

'Avtohalokatda o`quvchilar vafot etdi'ning rasmi

 

4 noyabr kuni Farg`ona viloyatining Bag`dod tumanida yo`l-transport hodisasi qayd etildi. Bu haqda postda.uz xabar qildi.

Afsuslanarlisi, mazkur hodisa natijasida ikki nafar bola hayotdan ko`z yumdi. Bag`dod tumanida yashovchi D. V. o`z boshqaruvchidagi «Tiko» avtomashinasi bilan ikki farzandi hamrohligida ketayotgandi. U A-373 yo`lining 54-kilometrida asosiy yo`ldan harakatlanib kelayotgan Andijon viloyati Buloqboshi tumanida yashovchi D. M. boshqaruvidagi «Neksiya» avtomashinasiga yo`l bermasdan, yo`liga chiqib ketishi oqibatida to`qnashuv sodir bo`ldi. «Tiko» avtomashinasi haydovchisi boshqaruvni eplay olmay, shu erdan oqib o`tuvchi zovurga tushib ketdi.

Natijada «Tiko» avtomashinasi yo`lovchilari, haydovchi D. V.ning qizi, 7-sinf o`quvchisi I. V. voqea joyida vafot etdi. Yana bir qizi, 2-sinf o`quvchisi R. V.  esa shifoxonaga keltirilganida hayotdan ko`z yumdi.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilgan, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar