Joriy yilning 2 noyabr kuni Navoiy viloyatining Navbahor tumani «Sovungar» mahalla fuqarolar yig`ini hududidan oqib o`tuvchi ariqdan 35–40 yoshlardagi erkak kishining jasadi topildi, deya xabar qilmoqda postda.uz.
Tashqi ko`rinishidan hech qanday jarohat topilmagan jasad tibbiy ekspertizadan o`tkazilganda fuqaro «yuqori nafas yo`llarining suv bilan berkilishi oqibatida kelib chiqqan mexanik asfiksiya»dan vafot etgani aniqlandi.
Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida uning shaxsi aniqlandi. U «Romitan» mahalla fuqarolar yig`inida yashagan 1977 yilda tug`ilgan D. V. bo`lib chiqdi.
Ayni paytda uning suvga qanday tushib ketgani, jinoyat alomatlari bor-yo`qligi yuzasidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.






