Bugun mamlakatimizda qolipli non narxi 2500 so`mga ko`tarildi, yurtdoshlarimizni qiynayotgan bu muammoga mutasaddilar qanday munosabat bildiradi? Bu haqda «xs.uz» nashri O`zbekiston Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federasiyasiga tayanib xabar bermoqda.
O`zbekiston Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federasiyasi respublikamizning viloyatlari va tumanlarida shu kunlarda qolipli nonning sotuvdagi narxini o`rganishdi. Natijaga ko`ra ma`lumotlar quyidagicha:
Surxondaryo viloyati
Surxondaryo viloyatining Angor, Jarqo`rg`on, Qiziriq, Oltinsoy, Sherobod, Sho`rchi,Termiz tumanlarida hamda Termiz shahrida qolipli non 1500-2000 so`mgacha, Denov, Qumqo`rg`on tumanida 1500 so`mdan, Boysun tumanida 1500-1800 so`mgacha, Sariosiyo tumanida 1600-2000 so`mgacha, Uzun tumanida 1200-1800 so`m narxlarda sotilayotgani kuzatilmoqda.
Qoraqalpog`iston Respublikasi
Qoraqalpog`iston Respublikasining tuman va shaharlarida qolipli nonning narxlari quyidagicha baholanmoqda. Kegeyli, Mo`ynoq, Qonliko`l, Shumanay, Amudaryo, Beruniy,Nukus tumanlarida 1500 so`mdan, Nukus shahri, Qorao`zak, Chimboy, To`rtko`l tumanlarida 1500-2000 so`mgacha, Taxtako`pir, Qo`ng`irot tumanlarida 2000 so`mdan, Ellikqal`a tumanida 1400-1500 so`mgacha, Xo`jayli tumanida 1500-2500 so`mgacha sotilayotgani ma`lum bo`ldi.