AsosiyJamiyat

11 noyabr kuni nodir astronomik hodisa kuzatiladi

'11 noyabr kuni nodir astronomik hodisa kuzatiladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining xabar berishicha, 2019 yil 11 noyabr kuni nodir astronomik voqea – Merkuriy sayyorasining Quyosh gardishidan o`tishi kuzatiladi. Bu hodisa Merkuriy tranziti deb ham ataladi. 

Tranzit Toshkent vaqti bilan 17:36 da boshlanib 23:04 gacha davom etadi va Merkuriy sayyorasi Quyosh va Er o`rtasida bo`ladi. O`zbekistonda bu vaqtda Quyosh botayotganini hisobga olsak, ushbu tranzitni faqat Qoraqalpog`iston Respublikasi hududida qisman kuzatish imkoni bor xolos. Shimoliy Amerika materigi hududida Quyosh chiqishi paytida, Janubiy-G`arbiy Osiyo mamlakatlari, Afrika va Evropa qit`alari hududlarida esa Quyosh botayotgan paytda uni kuzatish imkoni mavjud. Janubiy Amerika hududida joylashgan davlatlarda tranzitni to`liq, ya`ni deyarli 6 soat kuzatish mumkin.

    Boshqa yangiliklar