AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatining ayrim hududlarida aholiga elektr energiyasi etkazib berishga cheklovlar o`rnatilmoqda

'Toshkent viloyatining ayrim hududlarida aholiga elektr energiyasi etkazib berishga cheklovlar o`rnatilmoqda'ning rasmi

Havo haroratining keskin pasayib ketishi natijasida, so`nggi kunlarda energiya iste`moli hajmi oshdi. Shu bois,energotizimda quvvat va yoqilg`i tanqisligi yuzaga kelgan. 

Vaziyatdan kelib chiqib "Milliy elektr tarmoqlari" AJ dispetcherlari tomonidan energotizim yaxlitligini saqlab qolish maqsadida, nomuayyan muddatga maxsus grafik asosida, cheklov joriy etilmoqda. 

Mazkur reja-grafikka asosan, viloyatimizning Angren, Bekobod, Yangiyo`l, Chirchiq shaharlari va Bekobod,  Parkent, Chirchiq, Qibray, Zangiota tuman va shaharlarining ayrim hududlarida elektr ta`minoti vaqtincha to`xtatilishi mumkin. 

Hurmatli fuqarolar, ushbu holat bo`yicha uzr so`ragan holda, yuzaga kelishi mumkin bo`lgan noqulayliklarga tayyor turishingizni iltimos qilamiz.

Rejali o`chirishlarning davomiyligi uzog`i bilan ikki soat davom etadi, deya xabar beradi Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati.

 

 

    Boshqa yangiliklar