AsosiyJamiyat

Noyob jonivor va o`simliklarni asrab qolish uchun Quyi Amudaryo biorezervatiga yordam kerak

'Noyob jonivor va o`simliklarni asrab qolish uchun Quyi Amudaryo biorezervatiga yordam kerak'ning rasmi

68 ming 717 gektar maydonni egallagan Amudaryo biosfera rezervati to`qayzorlari Qoraqalpog`iston Respublikasida joylashgan bo`lib, ular O`zbekistondagi qolgan barcha to`qayzorlarning 75 foizini va Markaziy Osiyo to`qayzorlarining 20 foizini tashkil etadi. To`qayzorlar tabiiy ozuqa zaxirasiga boy bo`lgani bois yovvoyi hayvonlarning ko`plab turlariga makondir. Bugungi kunda biosfera rezervati hududida umurtqali jonivorlarning 356 turi, shu jumladan, baliqlarning 43, sudralib yuruvchilarning salkam 30, qushlarning 246, sut emizuvchilarning 36 turi ro`yxatga olingan bo`lsa, o`simliklarning 419 xili uchraydi. Ularning aksariyati Qizil Kitobga kiritilgan.

Sutemizuvchi jonivorlarning eng chiroylisi – xonguli, ya`ni Buxoro bug`usi Markaziy Osiyo bo`yicha eng ko`p ushbu hududda uchraydi. Bu noyob jonivorlar soni 10 yil vaqt ichida 2 juftdan salkam 1000 boshga etgan. 

O`zbekiston Respublikasi O`rmon xo`jaligi davlat qo`mitasining ta`kidlashicha, asosiy muammo suv etishmovchiligida. Amudaryoning sayozlashib qolgani bois biorezervatga suv chiqarish uchun mablag` zarur ekan. Xodimlarning aytishicha, nasos bor, ammo 2 km. joydan elektr simini tortib kelish uchun homiy kerak. Ular noyob hududning noyob jonivor va o`simliklarini asrab qolish uchun Quyi Amudaryo biorezervatiga yordam bera oladigan tabaitni sevuvchi, kelgusi avlodga qoldirishga, savobga o`z hisasini qo`shishga tayyor tadbirkorlarimiz topilib qolishidan umidvor...

    Boshqa yangiliklar