AsosiyJamiyat

Vodiy viloyatlarini Toshkent bilan bog`lovchi A-373 avtomagistrali to`liq kameralashtiriladi

'Vodiy viloyatlarini Toshkent bilan bog`lovchi A-373 avtomagistrali to`liq kameralashtiriladi'ning rasmi

Vodiy viloyatlarini Toshkent bilan bog`lovchi A-373 avtomagistrali to`liq foto-video qayd etish qurilmalari nazorati bilan qamrab olinadi. Bu haqda 6 noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida bo`lib o`tgan «Hukumat soati»da Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov ma`lum qildi.

 

Vazirning ta`kidlashicha, bugungi kunda A-373 avtomagistralida shartnomaga muvofiq etkazib berilgan 10 komplekt mobil foto-video qayd etish qurilmalari ishlamoqda.

«Toshkent viloyati, shuningdek, «Ohangaron–Qamchiq dovoni» A-373 avtomagistralining 90ta chorrahasi bo`yicha loyiha va texnik hujjatlar ishlab chiqilmoqda. Andijon va Namangan viloyatlarida mazkur yo`nalishda muhandislik-qidiruv ishlari olib borilmoqda», deya vazirning so`zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Uning so`zlariga ko`ra, 2019 yil yakunigacha Farg`ona, Andijon, Namangan va Toshkent viloyatlaridagi chorrahalarda o`rnatilgan barcha eski svetoforlar yangisiga almashtiriladi. «Xavfsiz shahar» loyihasi doirasidagi ushbu ishlar viloyat hokimliklari, Avtomobil yo`llari davlat qo`mitasi bilan birgalikda amalga oshirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar