AsosiyJamiyat

"Qashqadaryoda xotin-qizlarning arzon uy-joy bilan ta`minlanish darajasi qoniqarsiz!"

'"Qashqadaryoda xotin-qizlarning arzon uy-joy bilan ta`minlanish darajasi qoniqarsiz!"'ning rasmi

Qashqadaryo viloyat Axborot va ommaviy kommunikasiyalar boshqarmasi boshlig`i Usmon Nusurov facebookdagi sahifasida ma`lum qilishicha, Qashqadaryo viloyatida xotin–qizlarni arzon uy–joylar bilan ta`minlash bo`yicha ishlar qoniqarsiz. Buning uchun birinchi to`lov va nochor oilalarni ta`mirlash uchun davlat tomonidan ajratilgan 7 mlrd so`m mablag` ishlatilmay qolgan. Buning natijasida uy–joyga muhtoj 400 dan ziyod fuqarolarning muammolari echilmay kelmoqda. Mirishkor tumanida birorta arzon uy–joy qurilmagan. Qarshi shahrida 42 ta xonadonga mo`ljallangan arzon uylar tez kunda foydalanishga topshiriladi. Shuningdek, yil yakuniga ko`ra Qarshi, Yakkabog`, Nishon va Kasbi tumanlarida ham ana shunday uylar o`z egalariga beriladi. Mazkur masala bo`yicha mas`ul bo`lgan mahalliy hokimlarning qurilish bo`yicha o`rinbosarlari muammoga tezda echim topmasa ularga nisbatan qonuniy choralar ko`rilishi haqida ogohlantirildi.

    Boshqa yangiliklar