AsosiyJamiyat

XDP nomzodlar ro`yxatini taqdim etdi

'XDP nomzodlar ro`yxatini taqdim etdi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasiga Xalq demokratik partiyasi deputatlikka nomzodlarning ro`yxatini taqdim etdi

Markaziy saylov komissiyasida ushbu partiya rahbarining Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlarni ro`yxatga olishni iltimos qilib kiritgan arizasi qabul qilindi. 

Saylov kodeksiga muvofiq, partiyalar deputatlikka nomzodlar ro`yxatini Markaziy saylov komissiyasiga taqdim etadi. Bu haqdagi murojaatda siyosiy partiya yuqori organining deputatlikka nomzodlar ko`rsatish to`g`risidagi qarori, siyosiy partiya yuqori organi majlisining deputatlikka nomzodlar ko`rsatish to`g`risidagi bayonnomasi, unda deputatlikka nomzodning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug`ilgan sanasi, kasbi, lavozimi (mashg`ulotining turi), ish va yashash joyi, partiyaga mansubligi, shuningde, saylov okrugining nomi va tartib raqami ko`rsatiladi.

Shuningdek, deputatlikka nomzodning o`z nomzodi tegishli saylov okrugidan ovozga qo`yilishiga rozi ekanligi to`g`risidagi arizasi, deputatlikka nomzodning, basharti u Qonunchilik palatasi deputati etib saylangudek bo`lsa, egallab turgan lavozimidan bo`shash to`g`risidagi arizasi ilova qilinadi. 

Hujjatlarni taqdim etgan shaxsga Markaziy saylov komissiyasi hujjatlar qabul qilib olingan sana va vaqt ko`rsatilgan ma`lumotnoma beradi. Markaziy saylov komissiyasi siyosiy partiyalardan deputatlikka nomzodlarni ro`yxatga olish uchun hujjatlarni qabul qilishni ro`yxatga olish muddati tugallanishiga etti kun qolganida yakunlaydi.

Markaziy saylov komissiyasi taqdim etilgan hujjatlarni besh kunlik muddat ichida tekshirib chiqadi va ularning ushbu Kodeks talablariga muvofiqligi to`g`risida xulosa beradi.

Markaziy saylov komissiyasi ro`yxatga olish uchun taqdim etilgan hujjatlarda aniqlangan nomuvofiqliklar va ushbu kodeks talablaridan chetga chiqish hollari to`g`risida tegishli siyosiy partiyalarning rahbarlariga ma`lum qiladi. Siyosiy partiya hujjatlardagi aniqlangan nomuvofiqliklar va xatolarni ikki kunlik muddatda tuzatishga hamda ularni Markaziy saylov komissiyasiga taqdim etishga haqli.

Boshqa yangiliklar