O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta`minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi qaroriga muvofiq Rasulov Raufjon G`ofurovich “O`zstandart” agentligi Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar bo`limi boshlig`i, Bosh direktorning axborot siyosati masalalari bo`yicha maslahatchisi – matbuot kotibi lavozimiga tayinlandi.
R.Rasulov 1994 yil Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetini bitirgan. 2015 yildan “O`zstandart” agentligi Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar bo`limi boshlig`i lavozimida faoliyat yuritgan.
Agentlikdagi faoliyatiga qadar O`zteleradiokompaniyada muharrir, katta muharrir lavozimlarida ishlagan.
Lavozimga tayinlov O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi xulosasiga ko`ra amalga oshirildi.






