O`zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining xabar berishicha, gimnastika bo`yicha Respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari bolalar-o`smirlar sport maktabi ma`muriyati 2008–2009 yillarda tug`ilgan, eng kamida 3-kattalar sport toifasiga ega bo`lgan bolalarni sport gimnastikasi, badiiy gimnastika, trampolin, sport akrobatikasi bo`limlariga qabul boshlanganligi haqida e`lon qiladi.
Hujjatlar Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Korhoji-ota 2 “a” uy manzilida 2019 yil 11 dan 15-noyabrga qadar qabul qilinadi.
Imtihon 2019 yil 18-20 noyabr kunlari o`tkaziladi.
Telefon: 8 371-235-56-43
Qo`shimcha ma`lumotlarni INSTAGRAM @gymnastic_school_uzb sahifasidan olishingiz mumkin.
07.11.2019 12:26
Gimnastika bo`yicha Respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari bolalar-o`smirlar sport maktabida qabul boshlandi






