“O`zstandart” agentligining xabariga ko`ra, “VENTE TRADE” CO. LTD korxonasi (Tailand davlati) tomonidan ishlab chiqarilgan, engil siropda konservalangan “Marinelle” xalqa shaklidagi ananas mahsulotini muvofiqligini baholash jarayonida quruq moddalar miqdori ko`rsatgichi bo`yicha GOST 33443-2015 “Konserv. Frukt v sirope. Obshie texnicheskie usloviya” davlatlararo standarti talablariga nomuvofiqligi aniqlandi.
Hurmatli iste`molchilar yuqorida nomi keltirilgan “Marinelle” mahsulotini xarid qilishda sifatini tasdiqlovchi muvofiqlik sertifikatini talab qilishingiz tavsiya etiladi.






