AsosiyJamiyat

Harakat vaqtida "Million" jamoasining videosini tomosha qilgan avtobus haydovchisi vazifasidan ozod qilindi

'Harakat vaqtida "Million" jamoasining videosini tomosha qilgan avtobus haydovchisi vazifasidan ozod qilindi'ning rasmi

Joriy yilning 2 noyabr kuni ijtimoiy taramoqlarda “Toshshahartransxizmat” AJ ga tegishli bo`lgan "Mercedes-Benz" rusumli avtobus haydovchisi va chipta sotuvchi yo`lda harakatlanish vaqtida xavfsizlik qoidalariga rioya etmasdan smartfonda video tomosha qilib ketayotgani tasvirlangan lavha tarqaldi. 

Ushbu holat ijtimoiy tarmoqlarda jiddiy muhokamalarga sabab bo`ldi.     

“Toshshahartransxizmat” AJ rahbariyati mazkur holatga oydinlik kiritish yuzasidan o`rganish ishlarini olib bordi. Ushbu holat 8-avtobus saroyiga qarashli 118- yo`nalishda xizmat faoliyatini olib boruvchi haydovchi M. Sidiqov va chiptachi F. Rasulov tomonidan sodir etilgani aniqlandi.

“Toshshahartransxizmat” AJ matbuot xizmatining ma`lum qilishicha ularning har ikkisiga nisbatan intizomiy chora ko`rilgan. Ular haydovchilik va chiptachilikdan olinib xo`jalik ishlariga jalb etilgan.     

 

    Boshqa yangiliklar