AsosiyJamiyat

"Agrobank" reytingi, tizimdagi korrupsiyalar va qaytarilmayotgan kreditlar haqida ma`lumot berildi

'"Agrobank" reytingi, tizimdagi korrupsiyalar va qaytarilmayotgan kreditlar haqida ma`lumot berildi'ning rasmi

5 noyabr kuni O`zbekiston Aloqa va ommaviy kommunikasiyalar agentligida "Agrobank" ATB mutasaddilari bilan bo`lib o`tgan matbuot anjumanida mazkur bank faoliyatiga doir qilingan ishlar haqida ma`lumotlar berildi va jurnalistlar savollariga javoblar qaytarildi.

- Nega so`nggi paytlarda "Agrobank" faoliyati bilan bog`liq korrupsion holatlar ko`p uchramoqda? Bunga misol qilib, Andijon viloyati Izboskan tumanidagi bank hodimining yoki Namangan viloyati Yangiqo`rg`on tumani bank filiali rahbari faoliyati bilan bog`liq korrupsion holatlarni aytish mumkin. 

Ilyos Omonov, "Agrobank" ATB boshqaruv raisi o`rinbosari:

- Siz haqsiz. Siz aytgan hududlardagi masalarni o`rganishda shaxsan o`zim ishtirok etganman. Endi guruch kurmaksiz bo`lmaydi. Biz imkon qadar sohadagi bu kabi holatlarning oldini olish bo`yicha chora-tadbirlar ishlab chiqib, huquqbuzarlik sodir etganlarni aniqlab, jazo choralarini qo`llayapmiz.

- "Agrobank" faqat qishloq xo`jaligi sohasida xizmat ko`rsatadimi? 

- Yo`q. Hozirda bankimiz tomonidan turli shakldagi kreditlar berish yo`lga qo`ilgan. Bankimizni bemalol universal bank deb ayta olamiz.

- Aholidan kreditlarni qaytarishda muammolar yuzaga kelmayaptimi? Qaytarilmay qolgan kreditlar miqdori qancha?

- 2018 yildan 250 million so`m, 2019 yilda esa 1 milliard so`m mablag` qaytarilishi kechiktirilmoqda. Lekin bu katta muammo emas. Hammasini qaytarib olamiz.  Shuni mamnuniyat bilan aytishim mumkinki, bankimiz Respublika miqyosidagi filiallar soni bo`yicha 2-o`rinda turadi. Jami 178 ta filiallar respublika bo`ylab aholiga xizmat ko`rsatadi.

 

    Boshqa yangiliklar