AsosiyJamiyat

Elmira Bositxonovani hayratga solishdi

'Elmira Bositxonovani  hayratga solishdi'ning rasmi

O`zbekiston Xotin-qizlar qo`mitasi vakillari 11 oktyabr – Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan Toshkent shahridagi 100-ixtisoslashtirilgan maktab-internatga tashrif buyurishib, ushbu maktabning 6-sinf o`quvchisi, shu kunlarda “Central Asiaʼs Got Talent” ko`rsatuvida “Shukr qiling” nomli she`ri bilan ko`pchilikni hayratlantirgan qizaloq Iroda O`rozova bilan uchrashishgan edi. O`shanda undan she`r tinglashgan va iqtidorini yuqori baholab, “Shu qizchaning ko`zlarida nimadir bor, g`am va hayotdan boshqa” degan fikrda qaytishgan edi.

Iroda O`rozova asli Surxondaryoning Qiziriq tumanidan. Otasi Farhod aka va onasi Oysulton opalar farzandining iqtidorini parvarish qilishadi. Ustozlari ham muntazam e`tibor qaratishadi. Uning qo`lchalarida tug`ma nogironlik bor. She`r yozadi, raqsga tushadi va ashula ham aytadi. Maktabda 2 marta shashka bo`yicha musobaqa g`olibi ham bo`lgan.

Iroda qo`llarini sog`lom deb o`ylay olganiga hayratlanasiz, ko`rsangiz. U “Men qo`llarim bilan mustaqil ravishda hamma narsa qila olaman. Kitobni ushlay olaman, she`r yoza olaman, hatto mikrofon ham tuta olaman”, deydi.

Irodaning hayotdagi maqsadi unga barcha imkoniyatni yaratib berayotgan ota-onasi, ustozlari va Vatanining ishonchini oqlash, kelajakda jurnalist bo`lib, yurtimizga xizmat qiladigan inson bo`lish.

Senator, Bosh vazir o`rinbosari, O`zbekiston Xotin-qizlar qo`mitasi raisi Elmira Bositxonova oktyabr oyida mas`ul bo`limlarga I.O`rozova o`qiyotgan Olmazor tumanidagi maktab-internatni ma`naviy otaliqqa olishni ma`lum qilgan hamda moliyaviy jihatdan ham ko`maklashish choralarini ko`rish topshirig`ini bergan edi. Qo`mita va maktab o`rtasida bu jarayon amalga oshirilmoqda.

E.Bositxonova Iroda O`rozovaning iste`dodini rag`batlantirish, shuningdek, uni hamda ushbu maktab-internatda o`qiyotgan u kabi iqtidorli qizaloqlarni Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzodlikka tayyorlab borish tizimini yo`lga qo`yish topshirig`ini berdi.

Elmira Bositxonova “Irodaning irodasiga qoyilman!”, deya o`z hayratini izhor etdi.

    Boshqa yangiliklar