AsosiyJamiyat

Haydovchilar o`rtasida janjal. Ulardan biri to`pponcha o`qtaldi!

'Haydovchilar o`rtasida janjal. Ulardan biri to`pponcha o`qtaldi!'ning rasmi

Olmazor tumani IIO FMB xodimlari tomonidan ushbu holatning tekshiruvi o`tkazilib, hodisa ishtirokchilari va kelishmovchilik sabablariga aniqlik kiritildi. Hodisa svetofor ishlamasligi oqibatida tirbandlik yuzaga kelgan Keles ko`chasida sodir bo`lgan.

Ikki avtomobil haydovchilari — Matiz rusumli avtomobilni boshqargan 28 yoshli Farxod Y. va Cobalt avtomobilini boshqargan 51 yoshli Jahongir J. bir-birlariga yo`l bermaganligi oqibatida ular o`rtasida kelishmovchilik yuzaga chiqqan. Janjal davomida Farxod Yu. Jahongirga o`yinchoq to`pponcha bilan tahdid qilgan.

Ushbu mojaro bo`yicha tekshiruv davom etmoqda,

    Boshqa yangiliklar