AsosiyJamiyat

O`zbekiston fuqaroligini olmoqchi bo`lgan shaxsga rad javobi berildi. Endi nima qilish kerak?

'O`zbekiston fuqaroligini olmoqchi bo`lgan shaxsga rad javobi berildi. Endi nima qilish kerak?'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida  bo`lib o`tayotgan "Migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasidagi dolzarb masalalar hamda kelgusida amalga oshirilishi reja qilingan ishlar” mavzusida matbuot anjumani bo`lib o`tgani haqida xabar bergan edik. 

Unda "Darakchi" muxbiri ham ishtirok etdi. 

Ma`lumot o`rnida:

  • 1991 yildan 2007 yilgacha O`zbekistonda 482 nafar shaxsga fuqarolik berilgan bo`lsa, shundan so`ng 2016 yil dekabr oyigacha birorta shaxsga fuqarolik berilmagan.
  • O`zbekistonda joriy yil o`n oyi davomida 4951 nafar fuqarolikka ega bo`lmagan shaxslar fuqarolikka qabul qilingan. Shularning 578 nafariga fuqarolikka qabul qilishda rad javob berilgan.
     

Nodir Ziyaev, IIV Migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi rahbari o`rinbosari:

— Rad javobi berilgani fuqarolik berilishi to`liq to`xtatildi, degani emas. Unday fuqarolarga yana bir yildan keyin hujjat topshirishni maslahat beramiz. Yillar davomida rad javobi berilib kelayotgan fuqarolar, hech ham umidsizlikka tushmasliklari muhim. 

Aytib o`tish kerak, ayni vaqtda O`zbekistonda fuqarolikka ega bo`lmagan shaxslar soni 49 228 nafarni tashkil etadi.


 

    Boshqa yangiliklar