Xalq ta`limi vazirligi tomonidan “Xalq ta`limi vazirligi tizimidagi maktabdan tashqari ta`lim tizimining huquqiy asoslarini takomillashtirish to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi ishlab chiqildi va muhokama uchun qo`yildi.
Unga ko`ra:
- 2020-2021 o`quv yili uchun xalq ta`limi sohasida bo`lgan ehtiyojni inobatga olgan holda oliy ta`lim muassasalarida “Kutubxonachilik” yo`nalishi bo`yicha ajratiladigan kvotalar soni oshiriladi;
- umumta`lim muassasalarida kitobxonlik klublarini tashkil etiladi va o`quvchilarni jalb qilinadi hamda ularni axborot bilan boyitishga yordam ko`rsatiladi;
- “Barkamol avlod” bolalar maktablarida oiladan bittadan ortiq bola borsa, ularning har biriga o`qiganlik uchun ota-onalardan olinadigan to`lovlar miqdorining 70 foizi, to`garak a`zosi maktabda tashkil etilgan bittadan ortiq qo`shimcha to`garakka a`zo bo`lgan taqdirda 60 foizi to`lanadi;
- “Barkamol avlod” bolalar maktablari o`quvchilari xalqaro miqyosida o`tkaziladigan ko`rik-tanlovlar va festivallarda 1-, 2-, 3-o`rinlarni egallagan to`garak rahbarlari tegishlicha bazaviy hisoblash miqdorining besh, to`rt, uch barobari miqdorida moddiy rag`batlantiriladi.
- “Barkamol avlod” bolalar maktablarida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida o`quvchi-yoshlar uchun robototexnika va injenerlik, mental arifmetika va boshqa yo`nalishlar bo`yicha zamonaviy to`garaklar tashkil etiladi;
- ota-onalarning xohishlariga ko`ra ikki tomonlama shartnoma asosida o`quvchilar bilan yakka tartibda (individual) to`garak mashg`ulotlari tashkil etish ko`zda tutilgan.






