1

Alvido “Real Madrid”. Torres “Atletiko”ni keyingi bosqichga olib chiqdi

Sport 16.01.2015, 11:48
Alvido “Real Madrid”. Torres “Atletiko”ni keyingi bosqichga olib chiqdi

Ispaniya Kubogi 1/8 final javob uchrashuvida “Real Madrid” o`z maydonida hamshaharlari “Atletiko Madrid”ni qabul qilib, 2:2 hisobida durang natijani qayd etdi.

Uchrashuvning birinchi daqiqasidayoq Fernando Torres hisobni ochishga muvaffaq bo`ldi. Tezkor goldan sarosimaga kelgan “madridliklar” 20 daqiqaga kelib muvozanatni tiklashdi. Serxio Ramos standart vaziyatdan uzatilgan to`pni boshi bilan Oblak darvozasi tomon aniq yo`lladi, 1:1.

Ikkinchi bo`lim ham birinchisi singari boshlandi. Ikkinchi bo`limning birinchi daqiqasida yana o`sha Ferdando Torres o`z nomiga ikkinchi golni yozib qo`ydi. 54 daqiqa Ronaldu yana hisobni tenglashtirishga erishdi va javob uchrashuvi ana shu hisobda yakunlandi.

Ikki o`yin natijasiga ko`ra “matraschilar” 4:2 hisobida g`alaba qozonishdi va Ispaniya Kubogi chorak finaliga yo`l olishdi. Chorak finalda Diego Simeone shogirdlari “Barselona” – “Elche” uchrashuvi g`olibi bilan bahs olib borishadi. Afsuski, “Real Madrid” mazkur turnirdagi yurishini shu erda to`xtatdi.

“Real Madrid” – “Atletiko M” – 2:2 (birinchi uchrashuv 0:2)

Gollar: Ramos (20), Ronaldu (54) – Torres (1, 46)

Ogohlantirishlar: Ramos (56), Marselo (83), Karvaxal (86), Isko (90) – R.Garsiya (28), Tiago (49), Godin (53), Koke (84)

manba: sports.uz

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1