1

Pekindan Toshkentga uchayotgan samolyot rossiyaliklar sabab parvozni to`xtatdi

Jamiyat 08.11.2019, 16:30
Pekindan Toshkentga uchayotgan samolyot rossiyaliklar sabab parvozni to`xtatdi

“O`zbekiston havo yo`llari” aviakompaniyasining samolyoti bortida bir nechta rossiyalik va o`zbekistonliklar betob bo`lganligi sababli Xitoy shimoliga favqulodda qo`ndi. Bu haqda «Interfaks» xabar bermoqda.

Pekindan Toshkentga parvoz qilayotgan layner besh yo`lovchi - ikki nafar Rossiya fuqarosi va uch nafar O`zbekiston fuqarosining sog`lig`i yomonlashgani sababli to`rt soatdan ko`proq vaqtga kechiktirildi. Samolyot Lanchjou aeroportiga qo`ndi, u erda barcha bemorlarga birinchi yordam ko`rsatildi. Shundan so`ng, ular mahalliy kasalxonaga yuborildi.

Qayd etilishicha, O`zbekiston elchixonasi tibbiyot muassasasi bilan doimiy aloqa o`rnatgan va vaziyatni doimiy nazoratda saqlamoqda, deyiladi matbuot xizmati.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1