1

Tadbirkor o`z hamyoniga 62 million so`m zarar keltirdi

Jinoyat 08.11.2019, 16:51
Tadbirkor o`z hamyoniga 62 million so`m zarar keltirdi

Majburiy ijro byurosining Toshkent shahar boshqarmasi xodimlari tomonidan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 29.05.2017 yildagi “Elektr energiyasi va tabiiy gaz etkazib berish hamda iste`mol qilish sohasida to`lov intizomini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PF-5059-sonli Farmoniga asosan, joriy yilning 28 sentyabr kuni Toshkent shahar Chilonzor tumani 7-mavzesida joylashgan tadbirkorlik sub`ektlaridan biriga qarashli ovqatlanish binosida energiya resurslari, suv ta`minoti  va suv chiqarishdan foydalanish holati yuzasidan monitoring tekshiruv o`tkazildi.

Monitoring jarayonida Chilonzor tumani 7-mavzesida joylashgan jamiyatning ovqatlanish binosi elektr energiyasi  tarmog`iga DTS 541 №138601 PK “Elektro hisob” dasturida ro`yxatga olinmasdan, ta`minotchi korxona bilan shartnoma tuzmasdan elektr energiyasidan foydalanib kelinayotganligi aniqlangan.

  O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 yanvardagi №22 sonli qaroriga asosan etkazilgan zarar qayta hisob-kitob qilinganda jami etkazilgan zarar 62 million 421 ming 980 so`mni tashkil etgan.

  Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1