Xushovoz xonanda Sardor Mamadalievdan 2015 yilgi rejalari haqida so`raganimizda, “uylanmoqchiman”, deya kulib javob berdi.
Har qanday hazilning tagida oz bo`lsada, haqiqat yotadi. Shunday ekan, xonanda bekorga hazillashmadi, deb o`ylaymiz. Qolaversa, yangi 2015 yilning “Keksalarni e`zozlash yili” deb e`lon qilinganligi munosabati bilan xonanda endi keksalarga atab qo`shiq kuylamoqchi.
Ushbu yilda bo`lib o`tishi rejalashtirilayotgan navbatdagi yakkaxon konsert dasturining tayyorgarlik ishlari hozirdanoq boshlangan.





